Vatan himoyachilari kuni

Qadrli yurtdoshlar! Mard va jasur Vatan himoyachilari!
Sizlarni Qurolli Kuchlarimiz tashkil etilganining 30 yilligi va Vatan himoyachilari kuni bilan chin qalbimizdan samimiy muborakbod etamiz.

Qurolli kuchlarimizning mamlakatimiz mustaqilligi, xalqimizning tinch hayoti va farovonligini ta’minlash, demokratik islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirishning ishonchli kafolati bo‘lib xizmat qilib kelayotganligini barchamiz yaxshi anglaymiz va yuksak qadrlaymiz.

Hukumatimizning O‘zbekiston Respublikasi suvereniteti va hududiy yaxlitligini, sarhadlarimiz daxlsizligini ishonchli himoya qilishga qodir bo‘lgan, tezkor va ixcham milliy armiyani tashkil etish, harbiy xizmatchilarning jangovar ruhi, intellektual salohiyatini yuksaltirish, aholi, birinchi navbatda yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, harbiy xizmatchilar, ularning oila a’zolari, Qurolli Kuchlarimiz faxriylarini ijtimoiy va huquqiy jihatdan muhofaza qilishni kuchaytirish borasidagi sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlaymiz.

Sizlarga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt-saodat, tinchlik va farovonlik, sharafli xizmatingizda yangi yutuq va zafarlar yor bo‘lishini tilab qolamiz!

Hududiy birlashma jamoasi