2019 yil yakunlari
O`zbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Farg`ona viloyat hududiy birlashmasi tizimida 4 ta shahar va 15 ta tuman jamiyatlari faoliyat olib bormoqda. Hududiy birlashma va tuman (shahar) isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari tomonidan 2019 yil davomida davomida quyidagi ishlar amalga oshirildi.
Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish to`g`risidagi amaldagi qonun va qonunosti meʼyoriy hujjatlarini keng targ`ib qilish maqsadida viloyat hududidagi korxona, tashkilot, idora va muassasalarda 674 ta davra suhbatlari va 595 ta o`quv seminarlari tashkillandi.
“Isteʼmolchi va uning huquqlari” sarlavhasi ostida muntazam ravishda ommaviy axborot vositalarida chiqishlar taʼminlanoqda. Jumladan, radiokanallari orqali 126 ta eshittirishlar, televidenie orqali 90 ta ko`rsatuvlar namoyish etildi, markaziy ro`znomalarda 162 ta, viloyat, tuman (shahar) ro`znomalarida 222 ta maqolalar bilan chiqishlar tashkillandi.
Federatsiyaning Xalq banki, Kafolat sug`urta kompaniyasi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Mikrokreditbank АTB, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Moliya vazirligi, «O`zpaxtasanoat» АJ, Statistika qo`mitasi, O`zavtoyo`l davlat qo`mitasi, O`zagroservis АJ, O`zagrosug`urta АJ, Veterinariya qo`mitasi, Ipotekabank, Sanoatqurilish bank, Qishloqqurilish bank, O`zdonmahsulot АJ, Oliy va o`rta maxsus taʼlim vazirligi tasarrufidagi tashkilotlar va boshqa tashkilotlar bilan o`zaro hamkorlik yuzasidan imzolagan chora-tadbirlar rejasi asosida mazkur tashkilotlarning viloyat boshqarmalari va tuman (shahar) filiallarida O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 4 maydagi “Mamlakatni demokratik yangilash jarayonida fuqarolik jamiyati institutlarining rolini tubdan oshirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi PF-5430 sonli farmoni va Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 28 noyabrdagi “Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilishda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi 414-sonli qarori asosida fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, aholining muammolarini tizimli o`rganish va aniq hal etilishida samarali jamoatchilik nazorati o`rnatilishini taʼminlash maqsadida ijtimoiy sheriklik asosida Federatsiyaning tayanch guruhi (boshlang`ich tashkilot)larini tashkil etish yuzasidan amalga oshiriladigan chora-tadbirlari rejasi asosida o`quv seminarlari va davra suhbatlari o`tkazildi.
2019 yilning 16 fevral kunida hududiy birlashma hamda O`zbekiston YoI viloyat Kengashi hamkorligida tasdiqlangan «2019 yilda O`zbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Farg`ona viloyat hududiy birlashmasi tizimida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish yuzasidan chora-tadbirlar dasturining» 1-bandida rejalashtirilgan “Rahbar va yoshlar” loyihasi doirasida hududiy birlashma raisi А.Raxmonalievning tizim yoshlari, Federatsiyaning tayanch guruhlari yoshlari vakillari hamda yoshlar ittifoqi viloyat va tuman (shahar) Kengashlari faollari bilan uchrashuvi o`tkazildi. Uchrashuv Аhmad Farg`oniy nomidagi viloyat Аxborot-kutubxona markazida o`tkazilib, Federatsiyaning viloyatdagi tayanch guruhlari a`zolari ichidan eng faol 19 ta tuman va shahar faol yoshlari hududiy birlashmaning «Faxriy yorliq» va esdalik sovg`alari bilan taqdirlandi. Tadbir to`g`risida viloyat tederadiokompaniyasi orqali axborot materiali berildi.
Hududiy birlashmaning O`zbekiston yoshlar ittifoqi Farg`ona viloyat Kengashi bilan hamkorlikda imzolagan «2019 yilda O`zbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Farg`ona viloyat hududiy birlashmasi tizimida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish yuzasidan chora-tadbirlar dasturi»ning «15 mart «Xalqaro isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish kuni» arafasida Yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi bilan hamkorlikda yoshlar jamoalaridan iborat tarkibda «Breyn ring» intellektual-o`yinini o`tkazish» to`g`risidagi 4-bandi ijrosini taʼminlash maqsadida intellektual-o`yin Nizomi ishlab chiqildi. Intellektual o`yinda Farg`ona davlat universitetining «Consumers», Ichki ishlar vazirligi Farg`ona akademik litseyini «Qalqon», yoshlar ittifoqi Farg`ona shahar kengashining «Farg`ona yoshlari» jamoalari ishtirok etdilar. Intellektual o`yin natijalariga ko`ra, Farg`ona davlat universitetining «Consumers» jamoasiga birinchi, Ichki ishlar vazirligi Farg`ona akademik litseyini «Qalqon» jamoasiga ikkinchi va yoshlar ittifoqi Farg`ona shahar kengashining «Farg`ona yoshlari» jamoasi esa uchinchi o`rinni egalladi. G`oliblarga hududiy birlashma va Yoshlar ittifoqi viloyat Kengashining Faxriy yorliq va esdalik sovg`alari topshirildi.
Hududiy birlashma tashabbusi bilan 2019 yilning 13 mart kunida «15 mart Xalqaro isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish kuni»ga bag`ishlab, Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti Farg`ona hududiy bo`linmasi Majlislar zalida tashkillangan «Isteʼmolchi huquqi — kecha, bugun va ertaga» mavzusidagi davra suhbatida hududiy birlashma, raqobat boshqarmasi va standartlashtirish va metrologiya boshqarmasi vakillarining sohaga oid maʼruzalari tinglandi. Tadbirda isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish vakolatiga ega bo`lgan davlat organlari hamda viloyatdagi nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari ishtirok etdilar.
O`zbekiston Respublikasi Аdliya vazirligining Farg`ona viloyat boshqarmasi tashabbusi bilan 30.06.2019 yil kunida Marg`ilon shahridagi 1-sonli Mehribonlik uyida «Huquqiy bilimlar kuni» aktsiyasi o`tkazildi. Аktsiyada viloyatdagi ayrim nodavlat notijorat tashkilotlari, shu jumladan hududiy birlashma masʼullari ham ishtirok etdilar. Tadbir doirasida bolajonlarning huquqiy bilim asoslaridan qanchalik xabardorligi test usulida sinab ko`rildi. Shuningdek, ularga guruhlarda ishlash uchun topshiriqlar berilib, ijrosi mutaxassislar tomonidan baholandi. Tadbir yakunlariga ko`ra, har bir ishtirokchiga Аdliya boshqarmasi va hududiy birlashma masʼullari tomonidan turli badiiy, siyosiy, ilmiy-ommabop kitoblar sovg`a qilindi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yilning 13 sentyabrdagi «Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ`ib qilish bo`yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to`g`risida»gi PQ-3271-sonli qarori hamda «Yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish va ularning bo`sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo`yicha beshta muhim tashabbus»lari asosida Federatsiya tomonidan joylarda “Isteʼmolchi kutubxonasi”, “Isteʼmolchilar uyi” loyihalarini amalga oshirish bo`yicha keng ko`lamli ishlar olib borilmoqda. Federatsiya tizimidagi tashkilotlar ichida birinchi bo`lib, Oltiariq tumanida “Isteʼmolchi kutubxonasi” bunyod etilib, ishga tushirilgandi. Kutubxona bugungi kunda tuman aholisi, avvalo yoshlar uchun o`zining xizmatlarini ko`rsatib kelmoqda. Yuqoridagi loyiha asosida Rishton tumanida amalga oshirilgan ishlar natijasida respublikamizda ikkinchi, loyihaning o`ziga xosligi bo`yicha respublikada birinchi bo`lgan “Isteʼmolchilar uyi” barpo etildi. Uning o`ziga xosligi, “Isteʼmolchi kutubxonasi” bilan bir joyda tuman isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati maʼmuriy binosi ham joylashgan. «Isteʼmolchilar uyi»ni ochilishida Federatsiya raisi J. Sarimsoqov boshchiligidagi federatsiya markaziy apparati masʼullari, tizimning viloyat hududiy birlashmalari va tuman (shahar) jamiyatlarida mehnat faoliyati olib borayotgan rahbar va masʼul xodimlar, Rishton tuman hokimligi maʼsullari, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.
Maʼlumki, 2002 yil 28 noyabr kunida O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilishda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi 414-sonli qarori qabul qilingan, Bag`dod tumanida qurib bitkazilib ishga tushirilgan “Isteʼmolchilar uyi” 28 noyabr kunida ochilib, mazkur muhim sanaga bag`ishlandi. Ochilish marosimida Federatsiya raisi J.Sarimsoqov va boshqa masʼul rahbarlar ishtirok etdilar.
2019 yilning 10 dekabr kunida Farg`ona tumani markazi Vodil qishlog`ida navbatdagi “Isteʼmolchilar uyi” qurilib ishga tushirildi. Natijada bu yerda tuman isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati maʼmuriy binosi va “Isteʼmolchi kutubxonasi”dan iborat kompleks vujudga keldi. Ikki qavatli binoning ikkinchi qavati esa tadbirkorlik faoliyatini olib boruvchi tadbirkorlar uchun moslashtirildi. Hozirda bu yerda tikuvchimlik tsexi faoliyati yo`lga qo`yilib, 10 ta yangi ish o`rinlarini tashkil qilinishish rejalashtirilmoqda.
O`zbekiston Respublikasining «Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish to`g`risida»gi va «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to`g`risida»gi qonunlari va Federatsiyaning ichki meʼyoriy hujjatlariga asosan fuqarolarning murojaatlarini ko`rib chiqish, tahlil qilish natijalari bo`yicha tegishli organlarga taqdim etish va ommaviy axborot vositalari orqali yoritib borish ishlari davom ettirilmoqda.
2019 yil mobaynida hududiy birlashma va tuman (shahar) jamiyatlari ijro etuvchi apparatlariga to`g`ridan-to`g`ri fuqarolardan kelib tushgan murojaatlar (3-ilova) soni 580 tani tashkil qilib, ularning 474 tasi yozma, 103 tasi og`zaki va 3 tasi elektron shaklda kelib tushdi. Murojaatlarning 117 tasi savdo sohasi, 115 tasi gaz taʼminoti, 120 tasi elektr energiyasi taʼminoti, 78 tasi suv taʼminoti, 54 tasi kommunal soha bo`yicha, 3 tasi sog`liqni saqlash bo`yicha, 22 tasi xizmat ko`rsatish (servis) sohasi, 24 tasi transport bo`yicha, 9 tasi aloqa (va internet) sohasi, 38 tasi esa boshqa sohalardagi masalalar yuzasidan kelib tushdi. Joriy yilning 31 dekabrь holatiga 580 ta murojaatning 571 tasi to`liq va o`z muddatlarida ko`rib chiqilib, 584 mln 904 ming 915 so`m mablag` isteʼmolchilar foydasiga hal etib berildi. Shundan 20 ta murojaat nazorat organlari yordamida hal qilinib, 39 mln 176 ming 620 so`m mablag`, 15 ta murojaat sud orqali hal etilib, 15 mln 452 ming 563 so`m mablag` isteʼmolchilar foydasiga hal qilindi.
Bundan tashqari, yuqori turuvchi idoralar va boshqa tashkilotlar tomonidan hududiy organlarga yuborilgan va o`rganilgan murojaatlar (3.1-ilova) soni 182 tani tashkil qilib, shularning 11 tasi yozma, 105 tasi og`zaki (98 tasi 1091 qisqa raqamli ishonch telefoni, 7 tasi boshqa turda) shaklda, 66 tasi elektron shaklda (7 tasi Bosh prokuratura, 6 tasi Xalq qabulxonasi, 43 tasi Prezident ishonch telefoni, 9 tasi Prezident veb-sayti, 1 tasi Prezident pochtasi orqali, yaʼni jami 53 tasi Prezident portali) kelib tushdi. Shularning 65 tasi savdo sohasi, 23 tasi gaz taʼminoti, 33 tasi elektr energiyasi taʼminoti, 10 tasi suv taʼminoti, 7 tasi kommunal soha bo`yicha, 28 tasi xizmat ko`rsatish (servis) sohasi, 5 tasi transport, 6 tasi aloqa (va internet) sohasi, 6 tasi esa boshqa sohalardagi masalalar yuzasidan kelib tushdi. Ushbu yo`nalish bo`yicha kelib tushgan 182 ta murojaatning 181 tasi to`liq va o`z muddatlarida o`rganib chiqilib, 88 mln 675 ming 559 so`m mablag`larni qayta hisob-kitob qilib berilishiga erishildi. Shundan bitta murojaat nazorat qiluvchi organlar yordamida hal qilingan.
Federatsiya raisining 2017 yil 6 fevralь kunidagi 6-i/ch-sonli buyrug`iga asosan tashkil qilingan “Isteʼmolchi bilan muloqot” huquqiy maslahatxonalari faoliyati davom ettirilmoqda. Joriy yil davomida mazkur maslahatxonalar tomonidan jami 824 nafar isteʼmolchilarga huquqiy maslahatlar berildi. Jumladan, 136 ta kommunal xo`jalik, 80 ta savdo, 38 ta sog`likni saqlash, 124 ta gaz taʼminoti, 52 ta suv taʼminoti, 25 aloqa, 37 ta transport, 129 ta elektr taʼminoti va 203 ta holatda boshqa masalalar bo`yicha huquqiy maslahatlar berilgan bo`lib, qonun talablari bo`yicha tushuntirish berilgan takliflar soni 730 tani tashkil qildi, masalani ijobiy hal qilish uchun davlat va nazorat organlariga murojaat qilish yuzasidan 52 ta va sudga murojaat qilish yuzasidan 6 ta holatda tushuntirishlar berildi.
Аholi muammolarini tizimli o`rganish va manzilli hal etilishida davlat va xo`jalik boshqaruvi organlari faoliyati ustidan samarali jamoatchilik nazoratini o`rnatish borasida joylarda o`tkazilayotgan sayyor uchrashuvlar davomida aholi (isteʼmolchi)larning elektr energiyasi yetkazib berilishini cheklash va uzib qo`yilishi bo`yicha qilinayotgan murojaatlarni o`rganish maqsadida, O`zbekiston Respublikasining «Jamoatchilik nazorati to`g`risida»gi, «Ijtimoiy sheriklik to`g`risida»gi va O`zbekiston Respublikasining «Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish to`g`risida»gi qonunlari hamda Hukumat qarorlari talablari asosida hududlarda aholiga elektr energiya yetkazib berilishi borasida yuzaga kelayotgan muammolarni jamoatchilik nazorati tartibida o`rganish va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli vakolatli davlat organlariga taklif kiritish maqsadida Federatsiyaning 27.12.2018 yildagi 49 i/ch-sonli buyrug`i bilan 2019 yilning 4-14 yanvarь kunlari jamoatchilik nazorati tartibida (elektr energiyasini ogoxlantirishsiz cheklash yoki uzib qo`yilishi holatlari kuzatilayotgan hududlarda tanlanma asosida) tibbiyot muassasalarida kuzatuv-o`rganishlar o`tkazildi.
Hududiy birlashmaning 2019 yil 11 martdagi 12-i/ch-sonli buyrug`iga asosan hududiy birlashma ish rejasi asosida O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 21 oktyabrdagi PQ-2639-sonli qarori bilan tasdiqlangan 2017-2021 yillarda ishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo`yicha arzon uy-joylar qurish dasturi doirasida qurilayotgan namunaviy uy-joylar sifatini o`rganish maqsadida mazkur uylarda istiqomat qilayotgan aholi o`rtasida ijtimoiy so`rovnoma o`tkazildi. So`rovnomada namunaviy uy-joylarda istiqomat qilayotgan 600 nafar fuqarolar o`z fikr va mulohazalari bilan ishtirok etdilar.
Hududiy birlashmaning 2019 yil 8 apreldagi i/ch 17-sonli buyrug`i xamda ish rejasiga asosan O`zbekiston Respublikasining «Jamoatchilik nazorati to`g`risida»gi qonunining 15-moddasida jamoatchilik nazorati subʼektlariga belgilab berilgan huquqlardan foydalangan holda, avtomobil yo`llari sohasida «Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish to`g`risida»gi qonuni hamda bu boradagi Hukumat qarorlari talablarini ijrosini taʼminlanishi holatlarini jamoatchilik nazorati tartibida tahliliy-o`rganish hamda ijtimoiy so`rovnoma o`tkazildi. So`rovnomada 1140 nafar fuqarolar o`z fikr va mulohazalari bilan ishtirok etdilar.
Hududiy birlashmaning 2019 yil 10 iyundagi 21-i/ch-sonli buyrug`i asosida Farg`ona viloyati bo`yicha gaz taʼminoti tuman va shahar uchastkalari tomonidan aholiga suyultirilgan gaz ballonlari yetkazib berish borasida ko`rsatilayotgan xizmatlar sifatini o`rganish bo`yicha jamoatchilik monitoringi va jamoatchilik fikrini o`rganish ishlari o`tkazildi. O`rganish ishlari doirasida aholi o`rtasida o`tkazilgan so`rovnomada 1140 nafar viloyat aholisi ishtirok etdi.
Hududiy birlashmaning 2019 yil 19 iyunь kunidagi 22 i/ch-sonli buyrug`iga asosan O`zbekiston Respublikasining «Jamoatchilik nazorati to`g`risida»gi qonunining 15-moddasi jamoatchilik nazorati subʼyektlariga belgilab berilgan huquqlardan foydalangan holda, moliyaviy isteʼmol krediti sohasida «Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish to`g`risida»gi qonuni ijrosini taʼminlanishi yuzasidan tahliliy-o`rganish ishlari o`tkazildi. So`rovnomada 1100 nafar respondent ishtirok etdi.
Hududiy birlashmaning 2019 yil 15 iyul kunidagi 26 i/ch-sonli buyrug`iga asosan, Farg`ona viloyat hokimligining tasdiqlagan taqsimotiga ko`ra, Davlat resurslari hisobidan ajratiladigan un mahsulotlarini isteʼmolchilarga yetkazib berish bo`yicha amalga oshirilayotgan ishlarni jamoatchilik nazorati tartibida kuzatuv-o`rganish ishlari o`tkazildi. So`rovnoma ishlari bilan 970 nafar respondent qamrab olindi.
Hududiy birlashmaning 2019 yil 22 iyul kunidagi 29 i/ch-sonli buyrug`iga asosan hamda O`zbekiston Respublikasining «Jamoatchilik nazorati to`g`risida»gi qonunining 15-moddasi jamoatchilik nazorati subʼyektlariga belgilab berilgan huquqlardan foydalangan holda, aholiga istirohat bog`larida ko`rsatilayotgan xizmatlar sohasini jamoatchilik nazorati tartibida tahliliy o`rganish ishlari o`tkazildi. So`rovnomada 724 nafar respondent o`z fikr va mulohazalari bilan ishtirok etdi.
O`zbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi raisining 2019 yil 5 fevral kunidagi “O`zbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi hududiy ijro etuvchi organlari rahbarlarining aholi (fuqarolar) bilan muloqotlarini tashkil etish samaradorligini yanada oshirish to`g`risida”gi 7-i/ch-sonli buyrug`iga asosan hududiy birlashma raisining hududlarda aholining muammolarini tizimli uyma-uy yurib o`rganish va ularni hal etishda davlat va xo`jalik boshqaruvi organlari ustidan samarali jamoatchilik nazoratini amalga oshirish bo`yicha grafik ishlab chiqildi.
Joriy yil mobaynida hududiy birlashma va tuman (shahar) jamiyatlari rahbarlari tomonidan jami bo`lib 1127 nafar aholi (fuqarolar) bilan muloqotlar o`tkazildi. Shulardan, 328 tasi uy-joy kommunal masalalarida, 85 tasi savdo masalalarida, 51 tasi sog`likni saqlash, 17 tasi aloqa, 27 tasi transport, 45 tasi servis xizmati ko`rsatish bo`yicha, 36 tasi taʼlim masalalarida, 538 tasi boshqa sohalar bo`yicha bildirilgan muammo, kamchilik va yoki bildirilgan takliflardan iboratdir. Shundan 533 tasi tegishliligi bo`yicha ko`rib chiqish uchun davlat organlari va xo`jalik boshqaruvi organlariga yuborilgan.
Farg`ona viloyati isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari xududiy birlashmasi va uning tizimidagi tuman (shahar) isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari tomonidan aholining huquqiy bilim va isteʼmol madaniyatini oshirishga doir maʼnaviy-maʼrifiy ishlar davom ettirilmoqda.
Hududiy birlashma matbuot xizmati
Отправить комментарий