Tibbiyot muassasasida targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi

Tibbiyot muassasasida targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi

Federatsiya topshirig‘i asosida joriy yilning iyun-avgust oylari davomida joylardagi tibbiyot muassasalarida iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik targ‘iboti, ularning huquqiy bilimi va iste’mol madaniyatini oshirish masalalarida o‘tkaziladigan tadbirlar rejasi tasdiqlangan bo‘lib, bugun Farg‘ona viloyat kardiologiya dispanserida tashkillangan tadbir ham mazkur reja asosidagi tadbirlardan biri hisoblanadi.

 

Unda tadbirlarni tashkillash va o‘tkazish bo‘yicha ishchi guruh a’zolari — viloyat hududiy birlashma hamda Farg‘ona tuman jamiyati mas’ullari tomonidan ishtirokchilarga iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik mazmun-mohiyati, iste’molchining o‘z huquqlarini mustaqil, davlat hamda sud idoralari yordamida, shuningdek iste’molchilar jamoat birlashmalariga birikkan holda himoya qilinishi yo‘l-yo‘riqlari, Federatsiya faoliyati, unga a’zolik, davlat va jamoat tashkilotlari hamkorligi hamda ijtimoiy sherikligi afzalliklari yuzasidan atroflicha tushuntirish va ma’lumotlar berib o‘tildi.

Tadbir doirasida so‘z olgan tibbiyot muassasasi vakillari iste’molchilar huquqlarini himoya qilish, ularning huquqiy bilim saviyasi va iste’mol madaniyatini oshirish borasida o‘z fikr-mulohaza hamda takliflarini bildirib o‘tib, Federatsiya tizim tashkilotlari bilan yanada yaqindan hamkorlik olib borishni qo‘llab-quvvatlashliklarini bildirdilar. Tadbir yakunlariga ko‘ra tibbiyot muassasasidagi Federatsiya boshlang‘ich tashkiloti faoliyatini yanada jonlantirishga kelishib olindi.

 

Отправить комментарий