Quyosh panellarida yuzaga kelgan nosozlik bartaraf etib berildi

Quyosh panellarida yuzaga kelgan nosozlik bartaraf etib berildi

Farg‘ona shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida Farg‘ona tumani «Gulshan» mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi E.O.ning xonadoniga o‘rnatilgan quyosh panellari tizimida nosozlik yuzaga kelgani, kafolat muddati ichida sotuvchi tomonidan mazkur nosozlikni bartaraf etib berish ishlari paysalga solinayotgani to‘g‘risida O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi ishonch telefoniga qilgan murojaati o‘rganildi.

Ma’lum bo‘lishicha, quvvati 5 kV bo‘lgan panellar 2024 yilning oktabr oyida Farg‘ona shahrida faoliyat olib borayotgan «Mash’al» MChJdan bir yillik kafolat muddati bilan 49 000 000 so‘mga xarid qilingan. Joriy yilning may oyiga kelib ularda nosozlik kuzatilib, ishlamay qolgan. Iste’molchi masalani sotuvchi bilan o‘zaro hal qila olmagan.

Murojaat o‘rganilishi jarayonida unda keltirilgan vajlarga aniqlik kiritib olingach, sotuvchi tomoni vakillari bilan bog‘lanib, amaldagi qonunchilik targ‘iboti va tushuntirish ishlari olib borildi. Ularning natijasida esa sotuvchi vakillari tomonidan uskunaning nosoz qurilmlarini yangisiga almashtirilishiga erishildi.

Avazbek Yusupov,
jamiyat mutaxassisi.

Отправить комментарий