Dang‘aradagi ta’lim muassasalarida yuzma-yuz muloqot shaklidagi targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda

Dang‘aradagi ta’lim muassasalarida yuzma-yuz muloqot shaklidagi targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda

Dang‘ara tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari hududdagi 13, 31, 44-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bo‘lishib, ta’lim muassasalari xodimlari bilan yuzma-yuz muloqot shaklidagi targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazdilar.

Tadbirlarda mamlakatimizda iste’molchilik ijtimoiy harakati faoliyati, iste’molchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning iste’molchilik sohasiga oid huquqiy bilimi va iste’mol madaniyatini oshirish borasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan axborotlar berib o‘tilib, iste’molchi sifatida huquqlari buzilgan holatlarda davlat idoralari, shuningdek Federatsiyaga murojaat qilish yo‘l-yo‘riqlari yuzasidan ham tushuntirishlar berib o‘tildi. Shuningdek, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasiga oid masalalarda tayyorlangan plakatlar tarqatildi.

O‘tkazilayotgan tadbirlar doirasida Federatsiya va ta’lim sohasi tashkilotlari o‘rtasida ijtimoiy sheriklik hamda hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yilganligiga alohida urg‘u berib o‘tilib, ta’lim sohasi xodimlarini Federatsiya faoliyatida yanada faol ishtirok etishga chaqirilmoqda.

Отправить комментарий