Muddatli to‘lov shartlari vaqtida bajarilmaganligi oqibatida olib qo‘yilgan skuter va gilam iste’molchiga qaytarildi
Toshloq tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga iste’molchi M.O. tomonidan kiritilgan murojaatda aytilishicha, u 2024 yilda kredit savdo do‘konidan qiymatini bo‘lib to‘lash sharti bilan 9 534 000 so‘mga skuter va 6 564 906 so‘mga gilam xarid qilgan. Biroq oilaviy sharoiti tufayli to‘lovlarni to‘lashda uzilishlarga yo‘l qo‘ygani bois savdo do‘koni ishni sudga oshirib, xarid qilingan skuter va gilamni qaytarib olib qo‘ygan.
Murojaatdan maqsad, iste’molchi yuqoridagi holatdan tushkunlikka tushmasdan, bugungi kunga qadar skuter uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan to‘lovlarni to‘liq to‘lagan, lekin gilam uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan to‘lovlarni to‘lab bo‘lmagan bo‘lsada, savdo do‘koni tomonidan ushbu mahsulotlarni unga qaytarilishi masalasini o‘rganib chiqilib, amaliy yordam ko‘rsatilishidan iborat edi.
Buni qarangki, murojaat tuman jamiyati mutaxassislari tomonidan o‘rganilishi jarayonida yuqoridagi holat yuzasidan savdo do‘koni mas’ullari bilan olib borilgan muzokaralar masalani iste’molchi foydasiga hal bo‘lishi bilan yakun topdi. Savdo do‘koni iste’molchining sa’y-harakatlarini inobatga olib, gilam uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan summani bir oy muddat ichida qoplab berilishi sharti bilan, skuter va gilamni iste’molchi qo‘liga topshirdi.
Ulug‘bek Mirzaumarov,
jamiyat raisi.



Отправить комментарий