Mahallalarda aholi vakillarining sohaga oid qonunchilikdan xabardorligini oshirish asosiy vazifalarimizdan biridir

Mahallalarda aholi vakillarining sohaga oid qonunchilikdan xabardorligini oshirish asosiy vazifalarimizdan biridir

Joriy 2026 yilni mamlakatimizda «Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili» deb e’lon qilinishi munosabati bilan hududiy birlashmaning asosiy faoliyat yo‘nalishlari rejasiga tizim tashkilotlari rahbar va mas’ul xodimlari tomonidan joriy yil davomida hududlaridagi har bir mahalla fuqarolar yig‘inlarida bo‘lib, u yerlarda mahalla faollari va aholi vakillari bilan yuzma-yuz uchrashuvlar o‘tkazish, mahalla idoralarida tashkil qilingan axborot burchaklarida, shuningdek iste’molchilar tanishishi uchun qulay joylarda iste’mol sohasiga muammolarga duch kelinganda Federatsiya tizim tashkilotlariga yozma, og‘zaki va elektron shakllarda murojaat qilish yo‘l-yo‘riqlarini o‘zida aks ettirgan ma’lumotlarni joylashtirish va ularni aholi e’tibori uchun doimiy tarzda yetkazilgan holatda bo‘lishini nazoratini olib borish kabi vazifalar kiritildi.

Beshariq tumanida bu yo‘nalishdagi ishlar birinchilardan bo‘lib boshlanib, tuman jamiyati mas’ul xodimlari tasdqilangan reja-grafik asosida Xalqlar do‘stligi va Rapqon mahalla fuqarolar yig‘inlarida bo‘ldilar. Mahalla mas’ullari bilan o‘tkazilgan suhbat va muzokaralar davomida belgilangan vazfialar ijrosini ta’minlashda ijtimoiy sheriklik hamda hamkorlikda olib borilishi lozim bo‘lgan ishlar kelishib olindi.

Mahalla mas’ullariga hudud aholisi tomonidan iste’mol sohasiga oid muammolarga duch kelinganda bo‘lganda birinchi navbatda Federatsiya tizim tashkilotlariga murojaat qilish yo‘l-yo‘riqlari tushuntirilib, axborot burchaklari hamda aholi vakillari tanishishi uchun qulay joylarga tegishli ma’lumotlar joylashtirildi.

Shoiraxon Nasriddinova,
jamiyat mutaxassisi.

Отправить комментарий