Sohaga oid qonunchilik ijrosini ta’minlashda yoshlarning ishtiroki muhim
O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi viloyat hududiy birlashmasi hamda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi viloyat hududiy boshqarmasi hamkorligida, 15-mart — «Butunjahon iste’molchi huquqlari kuni»ga bag‘ishlab, Farg‘ona shahridagi Koreya xalqaro universiteti talabalari ishtirokida «Yuksak iste’mol madaniyati jamiyat rivojining asosidir» mavzusidagi seminar tashkillandi.
Tadbirda talabalarga iste’molchilik ijtimoiy harakatining kelib chiqish tarixi, uni dunyo hamjamiyati tomonidan e’tirof etilishi, mamlakatimizda qonunchilik asoslarini yaratilishi, qonunga asosan iste’molchilarning asosiy huquqlari, iste’molchi majburiyati tushunchasi, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish vakolatiga ega davlat va nodavlat tashkilotlari hamda ular o‘rtasidagi ijtimoiy sheriklik va hamkorlik aloqalari, ularga murojaat qilish yo‘l yo‘riqlari, yurtimizda iste’molchilar huquq va manfaatlari himoyasiga qaratilgan qonunchilik yangiliklari va sohaga oid boshqa masalalarda axborotlar berib o‘tildi.
Tadbir doirasida mamlakatimizda iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik ijrosini hamda unda aholining keng qatlamlari ishtirokini ta’minlash, sohaga oid qonunchilik ijrosi ustidan samarali jamoatchilik nazorati olib borish ishlarida yoshlarning o‘rni beqiyosligi hamda muhim o‘rin tutishiga alohida urg‘u berib o‘tildi.



Отправить комментарий