Muammolarning yechimlari muhokama qilindi
— Menga “Toza hudud” davlat unitar korxonasi Uchko`prik filiali tomonidan 6 nafar oila aʼzolarim uchun 55 000 ming so`m qarzdorlik hisoblanmoqda. Vaholanki, ayni paytda oilamiz aʼzolari 3 nafardan iborat. Ushbu qarzdorlikning to`g`ri yoki noto`g`riligiga aniqlik kiritib berishlaringizni so`rayman, — deb yozadi o`z arizasida А.G. ismli tumandoshimiz.
Uning arizasi soha va jamiyatimiz mutaxassislari ishtirokida O`zbekiston Respublikasining “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish to`g`risida”gi hamda “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to`g`risida”gi qonunlari asosida o`rganib chiqildi.
O`rganishlar natijasida А. G. istiqomat qilayotgan mahalla fuqarolar yig`ini maʼlumotnomasiga asosan abonentlar bazasida 6 kishi biriktirilganligi, 2019 yil sentyabr oyida MIB tuman bo`limi, tumandagi MFYlar, “Toza hudud” DUK Uchko`prik tuman filiali va Farg`ona viloyati “Sanitariya tozalov markazi” bilan birgalikda xatlov o`tkazilganligi, MIB tuman bo`limi mutaxassisi tomonidan xatlov natijasiga asosan abonentlar bazasiga 2019 yil 25 oktyabr holatiga oiladagi odam sonini 6 kishidan 5 kishiga o`zgartirilganligi, xatlovda abonent А. G. ham ishtirok etgan va imzo qo`yganligi, ayni paytda esa to`lovlar 3 nafar kishiga to`lanib kelayotganligi va muntazam ravishda bazaga kiritilgan 5 nafar kishiga hisoblanib kelayotganligi sababli 2019 yil dekabr holatiga 55 000 so`m qarzdorlik mavjudligi aniqlandi.
Shuningdek, А. G. xonadonida ayni paytda haqiqatan ham 3 nafar kishi istiqomat qilayotganligi to`g`risida mahalla maʼlumotnomasiga asosan 2020 yil 1 yanvaridan abonentlar bazasiga 3 nafar kishi kiritildi.
Isteʼmolchiga sohaga oid huquq va burchlari, shuningdek, 2019 yil xatloviga asosan hisoblangan 55 000 so`m qarzdorlik to`lanishi kerakligi tushuntirildi.
— Xuddi shunday holat bo`yicha ko`plab tumandoshlarimiz tomonidan telefon orqali va og`zaki murojaatlar ko`p tushayotganligi sababli tumanimizdagi mahalla fuqarolar yig`inlari raislari va MIB tuman bo`limi rahbari ishtirokida yuzma-yuz uchrashuv tashkilladik. Uchrashuvda isteʼmolchilardan mazkur masalada tushayotgan murojaatlar va ularni keltirib chiqarayotgan omillar, muammolarni hal qilish borasida har ikki tomonning taklif va mulohazalari o`rtoqlashilib, kelgusida hamkorlikda amalga oshiriladigan ishlar rejalashtirib olindi, — deydi Uchko`prik tuman IHHQ jamiyati raisi L.Shodmonov.
Nargizaxon ShERАLIEVА
Uchko`prik tumani IHHQJ matbuot va axborot bo`yicha mutaxassisi
Отправить комментарий