Isteʼmolchilik ijtimoiy harakati aʼzolari safi kengaymoqda

Isteʼmolchilik ijtimoiy harakati aʼzolari safi kengaymoqda

Oltiariq tuman isteьmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan Federatsiyaning hududdagi korxona, tashkilot, idora va muassasalarda tashkillangan tayanch guruhlari (boshlang`ich tashkilotlari)da, shuningdek mahalla fuqarolar yig`inlarida turli mavzularda maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar, tuman jamiyati raisi B.Аbduraxmonovning sayyor qabullari, aholi bilan yuzma-yuz muloqotlari o`tkazib borilmoqda.
Shuning bilan birgalikda, hududda joylashgan boshqa korxona, tashkilot, idora va muassasalarda ham tizimli asosda amaldagi isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish to`g`risidagi qonun hujjatlarining mazmun-mohiyati to`g`risida tushuntirish va targ`ibot ishlari olib borilmoqda. Shunday tadbirlardan biri Qo`qon mintaqaviy temir yo`l uzeli Oltiariq temir yo`l stantsiyasi ishchi-xodimlari o`rtasida tashkillanib, unda tashkilot ishchi-xodimlariga amaldagi qonunchilik mazmun-mohiyati yuzasidan tushuntirishlar berish barobarida, yurtimizda isteʼmolchilik ijtimoiy harakati, uning bugungi kundagi holati, istiqboldagi rejalar xususida atroflicha maʼlumotlar berib o`tildi. O`tkazilgan tadbir yakunlariga ko`ra, tashkilot ishchi-xodimlari isteʼmolchilik ijtimoiy harakatida, shuningdek isteʼmolchilarning huquqlariga oid qonunchilik ijrosi ustidan keng qamrovli jamoatchilik nazoratini olib borish ishlarida faol ishtirok etish istagini bildirdilar.

Dilobar Dadaxonova
Oltiariq tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi

Отправить комментарий