Navbatdagi Kengash yig`ilishi videokonferentsaloqa rejimida o`tkazildi

Navbatdagi Kengash yig`ilishi videokonferentsaloqa rejimida o`tkazildi

 

Hududiy birlashma Kengashining joriy yil birinchi choragi natijalariga bag`ishlangan navbatdagi yig`ilishi videokonferentsaloqa rejimida o`tkazildi. Yigʼilishda Federatsiya Kengashining joriy yil 26 iyundagi 2/20-sonli navbatdagi yig`ilishida ko`rib chiqilgan masalalar va mazkur masalalar bo`yicha Federatsiya Kengashi qarorlarining muhokamasi o`tkazilib, ularning ijrosini taʼminlash borasida tegishli yo`l-yo`riq, ko`rsatma va tavsiyalar berildi.

Shuningdek, viloyatning Marg`ilon shahri, Yozyovon, Farg`ona, O`zbekiston va Quva tumanlarida O`zbekiston Respublikasining “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish to`g`risida”gi qonuni va qonunosti meʼyoriy hujjatlari ijrosi yuzasidan olib borilayotgan ishlar, Farg`ona shahri, Dang`ara va Qo`shtepa tumanlarida Federatsiya tashabbusi asosida barpo etilayotgan “Isteʼmolchi kutubxonasi” (“Isteʼmolchilar uylari”)ni qurish ishlarining borishi, isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish, ularning isteʼmolchilik huquqiy bilim saviyasi va isteʼmol madaniyatini yanada oshirish hamda kundalik faoliyatga oid boshqa tashkiliy va joriy masalalar ko`rib chiqildi.

Hududiy birlashma Аxborot xizmati

Отправить комментарий