Muammo bartaraf qilindi

Muammo bartaraf qilindi

Rishton shahrida yashovchi V. Rishtovaning tuman isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati qilgan ogʼzaki murojaat oʼrganib chiqildi.

Murojaatdan maʼlum boʼlishicha, uning xonadoniga bundan bir necha yillar avval tuman telekommunikatsiyalar bogʼlanmasi tomonidan tarmoq tortilib, telefon apparati ham oʼrnatib berilgan. Shu yilning iyunь oyiga kelib ushbu telefon apparati ishlamay qolgan. U mazkur masalada bogʼlanmada ishlaydigan dugonasiga murojaat qiladi. Birinchi martasida dugonasiga yordam sifatida telefon apparatini oʼz hisobidan olib bergan dugona bu safar undan 100 000 soʼm pul olib, telefon apparati keltirib beradi. Lekin mazkur telefon apparati lozim darajada ishlamagan. V. Rishtova bu haqda dugonasiga bir-ikki marta aytgan boʼlsada, u ishni paysalga solib yuravergan.

Tuman jamiyati xodimlari isteʼmolchining murojaati asosida bogʼlanmada ish faoliyati olib borayotgan dugona bilan uchrashdilar. U ishni oxiriga yetkaza olmay qolishi sabablarini tushuntirib, nuqsonli telefonni qaytarib olib, xonadonda foydalanish uchun yangi telefon apparatini olib berdi. Isteʼmolchi murojaati qanoatlantirildi.

Xusniddin Latipov
Rishton tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi

Отправить комментарий