Qirgʼizistonda parlament saylovlari boʼlib oʼtmoqda

Qirgʼizistonda parlament saylovlari boʼlib oʼtmoqda

Oʼzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Fargʼona viloyat hududiy birlashmasi raisi Аxrorjon Raxmonaliev, Oʼzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tasdiqlangan delegatsiya tarkibida, 2020 yilning 4 oktyabrь kunida Qirgʼiziston Respublikasida oʼtkaziladigan Parlament saylovlarida xalqaro kuzatuvchi sifatida ishtirok etmoqda.

Qirgʼiziston Respublikasida oʼtkazilayotgan Parlament saylovlarini kuzatish uchun qoʼshnilarimizning viloyatimiz bilan chegaradosh boʼlgan hududi Batken viloyatiga tashrif buyurdik,deydi Аxrorjon Raxmonaliev. – Men hayotimda birinchi bor saylovlarda bunday maqomda ishtirok etishim. Shu kunga qadar faqatgina mamlakatimizda oʼtkazilgan turli darajadagi saylovlarda uchastka saylov komissiyasi aʼzosi, kuzatuvchi, vakolatli vakil kabi maqomlarda ishtirok etib kelgandim. Oʼylaymanki, oʼzga davlatda oʼtkazilayotgan saylovlarni kuzatish bilan bogʼliq boʼlgan mazkur tashrif men uchun judayam muhim tajriba maktabi vazifasini oʼtaydi.

Federatsiya matbuot xizmati

Отправить комментарий