Iste’molchiga yuborilgan SMS xabardagi qarzdorlik isbotini topmadi

Iste’molchiga yuborilgan SMS xabardagi qarzdorlik isbotini topmadi

Farg‘ona tumani iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan Vodil shaharchasi Dilkusho MFY hududida yashovchi O.Taniqulovaning murojaati o‘rganildi.

Iste’molchi o‘z murojaatida tabiiy gazdan to‘lovlar bo‘yicha qarzdorligi yo‘q bo‘lsada, mobil telefoniga SMS xabar kelayotganligidan noroziligini bildirgan.

Murojaat jamiyat mutaxassislari hamda «Hududgaz Farg‘ona» gaz ta’minoti filiali Farg‘ona tuman bo‘limi mas’ul xodimi ishtirokida o‘rganilib, iste’molchining tabiiy gaz uchun amalga oshirgan to‘lov qog‘ozlari asosida qayta hisob-kitoblar o‘tkazildi.

O‘rganish to‘lovlar bo‘yicha fuqaroning tabiiy gazdan qarzi yo‘qligini ko‘rsatib, mobil telefonga yuborilgan qarzdorlik to‘g‘risidagi SMS xabar yuzaga kelgan texnik xatolik tufayli sodir bo‘lganligi ma’lum bo‘ldi. Natijada iste’molchi asabbuzarligi holatiga sabab bo‘lgan 791 200 (etti yuz to‘qson bir ming ikki yuz) so‘m qarzdorlikning asossiz ekanligi isbotini topdi.

Odilbek Junaydullaev
Farg‘ona tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi

Отправить комментарий