Kommunal idoralar rasmiy saytlaridagi shaxsiy kabinetlarni qanday baholaysiz?
Biz kommunal idoralarning rasmiy saytlarida tashkillangan shaxsiy kabinetlarning aholi foydalanishi uchun qanchalik oson va qulayligi, ishlash samaradorligiga tegishli fikrlarini bildirishini so‘rab O‘zbekiston Respublikasi axborotlashtirish va telekommunikasiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasining Farg‘ona viloyatidagi bo‘lim boshlig‘i Abror Sobirovga murojaat qildik.
— Bugungi kunda kommunal idoralar tomonidan respublikamizning barcha hududlarida aholiga elektron xizmatlarni ko‘rsatish yo‘lga qo‘yilgan. Aholining barcha qatlamlari ushbu xizmatlardan emin-erkin o‘z shaxsiy komp’yuter, noutbuk, planshet va uyali telefonlari vositasida foydalana oladilar, — dedi A.Sobirov biz bilan suhbatda.
Quyidagi videolavha orqali ushbu suhbatni to‘lig‘icha tomosha qilishingizni mumkin.
G‘ayrat Mamatkulov
Hududiy birlashma Axborot xizmati rahbari
Отправить комментарий