Tibbiyot muassasasi xodimlari ishtirokida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Uchko‘prik tumani Tibbiyot birlashmasiga qarashli tug‘ruqxona majmuasida O‘zbekiston Respublikasi»Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi qonun targ‘iboti yuzasidan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mas’ul xodimlari yig‘ilganlarga O‘zbekiston Respublikasining “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonuni mazmun-mohiyati yuzasidan atroflicha tushuntirishlar berish barobarida, yurtimizdagi iste’molchilik ijtimoiy harakati, Federatsiya va uning hududiy organlari tomonidan mazkur harakatni yanada rivojlantirish, iste’molchilarning huquqiy bilimi va iste’mol madaniyatini oshirish borasida olib borilayotgan ishlar xususida ham axborotlar berib o‘tdilar.
Tadbir ishtirokchilari o‘tkazilgan tadbir doirasida o‘zlarini qiziqtirgan savollarga ham javoblar va huquqiy maslahatlar olishdi.
Nargizaxon Sheraliyeva
Uchko‘prik tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi
Отправить комментарий