Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati faollari umuiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Beshariq tumani iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatining 2016-2020 yillar va 2021 yilning o‘tgan davri faoliyat yakunlari bo‘yicha umumiy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilish ishtirokchilari tuman jamiyati raisi Xamidjon Axmedovning hisobot davrida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot ma’ruzasini tinglab, muhokamalardan so‘ng tumanda iste’molchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning huquqiy bilimi va iste’mol madaniyatini oshirish yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlarni qoniarli deb topdilar. Ma’ruza muhokamasi doirasida tuman jamiyati tomonidan kelgusida amalga oshirilish lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan fikr-mulohazalar va takliflar ham bildirib o‘tildi.
Kun tartibidagi ikkinchi masala bo‘yicha Federatsiyaning hududdagi tayanch guruhlari faollari ichidan hududiy birlashmaning navbatdagi konferensiyasida ishtirok etuvchi vakillar saylab olindi.
Umumiy yig‘ilish ishida hududiy birlashma sektor boshlig‘i F.Boynazarov ishtirok etdi.
Baxtiyor Juraev
Beshariq tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi
Отправить комментарий