Amaldagi qonunchilik asoslarini tushuntirish borasidagi tadbirlar davom etmoqda
Qo‘qon shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mas’ullari hududdagi ta’lim muassasalarida turli ma’naviy-ma’rifiy va targ‘ibot-tashviqot tadbirlarini o‘tkazmoqdalar. Shunday tadbirlardan biri 25-maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlari ishtirokida tashkillandi.
Tadbirda xodimlarga iste’molchilik ijtimoiy harakatining jamiyat hayotida tutgan o‘rni va roli, mazkur harakatning aholining huquqiy bilimi va iste’mol madaniyatini oshirishdagi ahamiyati, Federatsiya va uning hududiy tuzilmalari tomonidan bu borada olib borilayotgan ishlar xususida tushuntirishlar berib o‘tildi.
Tadbir doirasida muassasa xodimlarini qiziqtirgan savollarga javoblar qaytarilib, huquqiy maslahatlar berildi.
Asrorjon Mamatqulov
Qo‘qon shahar IHHQ jamiyati mutaxassisi
Отправить комментарий