Fuqarolar murojaatlari bilan ishlash yo‘nalishidagi tadbirlardan
Furqat tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari sohaga oid amaldagi qonunchilik, Ustav maqsad va vazifalar ijrosini ta’minlash borasida ishlab chiqilgan reja asosida hududdagi ta’lim tashkilotlari ishchi xodimlari bilan yuzma-yuz muloqotlar o‘tkazib kelmoqdalar. Tumandagi 10 va 13-maktablar mehnat jamoalari bilan o‘tkazilgan tadbirlar shular jumlasidandir.
Tadbirlardan ko‘zlangan asosiy maqsad ta’lim muassasalarida faoliyat olib borayotgan xodimlarning huquqiy savdoxonligi va iste’mol madaniyatini oshirish, ularning amaldagi qonunchilik va qonunosti me’yoriy hujjatlari mazmun-mohiyati hamda bu boradagi yangiliklar bilan tanishtirish, Federatsiya va uning hududiy organlari faoliyati bilan tanishtirish, ularning murojaatlari, amaldagi qonunchilik va tizim faoliyatini yanada yaxshilash bo‘yicha takliflarini o‘rganishdan iborat.
Tadbirlar doirasida ta’lim tizimi xodimlarini qiziqtirgan savollarga javoblar qaytarish, huquqiy maslahatlar berish, ularning sohaga oid murojaatlarini o‘rganishdan iboratdir.
Bekzod Ibragimov
Furqat tuman jamiyati raisi
Отправить комментарий