Markaziy Osiyoda iste’molchilarning xalqaro tashkiloti tuzilishi mumkin

Markaziy Osiyoda iste’molchilarning xalqaro tashkiloti tuzilishi mumkin

Bu haqda Federatsiya Matbuot xizmati Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi rasimy sahifasi orqali xabar qilmoqda. Xabarda O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi raisi Jahongir Sarimsoqov va Qozog‘iston iste’molchilar Milliy Ligasi rahbari Svetlana Romanovskaya telefon orqali muloqot qilganligi bayon qilinadi.

Muloqot chog‘ida tashkilot rahbarlari ikki tomonlama munosabatlarga doir masalalar, shuningdek, iste’molchilar huquqlarini himoya qilishda hamkorlik istiqbollarini muhokama qilingan.

Ikki turdosh tashkilot o‘rtasida imzolangan hamkorlik memorandumi doirasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan vazifalar belgilab olinib, iste’molchilar huquqlarini har tomonlama himoya qilish borasida o‘zaro tajriba almashish, sohada yuz berayotgan kamchiliklarni atroflicha ko‘rib chiqib, qator muhim tashabbuslarni ilgari surish yuzasidan fikrlar almashilgan.

So‘nggi yillarda turizm, elektron tijoratning jadal rivojlanayotgani va ko‘rsatilayotgan onlayn xizmatlar turlari oshib borayotgani yaxshi, biroq bu borada iste’molchilar huquqini himoya qilish jiddiy muammoga aylanmoqda. Markaziy Osiyo mintaqasida ayrim mamlakatlar ushbu muammoni boshqa mamlakatlardagi iste’molchilar tashkilotlari bilan ikki tomonlama hamkorlikni yo‘lga qo‘yib hal etishga intilmoqda.

Biroq bunday global muammoni faqat ikki tomonlama hamkorlik bilan hal etish qiyin. O‘zaro hamkorlikni yanada kuchaytirish va mintaqadagi iste’molchilar sohasiga doir muammolarni birgalikda bartaraf etish maqsadida iste’molchilar Milliy Ligasi va Federatsiya tashabbusi bilan, Markziy Osiyo iste’molchilar tashkilotini tuzish tashabbusi ilgari surildi.

Shuningdek, muloqot davomida Qozog‘iston Iste’molchilar milliy ligasi bilan Federatsiya o‘rtasidagi aloqalarni rivojlantirishga doir boshqa bir qancha masalalar muhokama qilindi.

Hududiy birlashma Axborot xizmati

Отправить комментарий