Quvasoydagi ta’lim muassasalarida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda

Quvasoydagi ta’lim muassasalarida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda

Quvasoy shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mas’ul xodimlari tomonidan hududdagi ta’lim muassasalarida turli ma’naviy-ma’rifiy va targ‘ibot-tashviqot tadbirlari o‘tkazilmoqda. Shunday tadbirlardan biri shahardagi 21-davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida tashkillandi.

Mamlakatimizning iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik asoslarini targ‘ib qilish, sohaga oid qonunlarning joylardagi ijrosini o‘rganish, aholining huquqiy bilimi hamda iste’mol madaniyatini oshirishni ko‘zda tutuvchi mazkur tadbirlarda sohaga oid qonunchilik ijrosini ta’minlashda iste’molchilik ijtimoiy harakati va jamoatchilik nazoratining o‘rni va ahamiyati to‘g‘risida atroflicha tushuntirishlar berilmoqda.

Tadbirlarda sohaga daxldor davlat idoralarining mas’ullari ham ishtirok etayotganligi ushbu tadbirlarning ahamiyatini yanada oshirmoqda. Tadbirlar doirasida Quvasoy shahar jamiyati mas’ullari va boshqalar tomonidan tadbir ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javoblar qaytarilib, huquqiy maslahatlar berib borilmoqda.

Shu kuni bunday tadbirlar shahardagi 3-maktabgacha ta’lim tashkiloti va 24-umumta’lim maktablarida ham o‘tkazildi.

Sherzodjon Mizamidinov
Quvasoy shahar jamiyati raisi

Отправить комментарий