Iste’molchi ta’lim sifatidan qoniqyaptimi?
Toshloq tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan hududdagi bir qator ta’lim muassasalarida tashkillangan navbatdagi davra suhbatlari ana shunday nomlandi.
Tuman Xalq ta’lim bo‘limiga qarashli 4, 6 va 27-umumta’lim maktablari pedagoglari ishtirokida o‘tgan davra suhbatida avvalo iste’molchilarni amaldagi qonunchilik asoslari, sohaga oid yangiliklar to‘g‘risida xabardor qilindi. Qolaversa, Federatsiyaning asosiy faoliyat yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan aholining sohaga oid huquqiy bilim va iste’mol madaniyatini oshirish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar xususida tuman jamiyati raisi Ulug‘bek Mirzaumarov batafsil ma’lumotlar berib o‘tdi.
O‘tkazilayotgan mana shunday uchrashuvlardan ko‘zlangan asosiy maqsad esa O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining tayanch guruhlari tashkillangan muassasalarda uning a’zolari holidan xabar olish, tashkillanmagan muassasalar xodimlarini iste’molchilik ijtimoiy harakatiga jalb qilishga qaratilgan.
Uchrashuvlarda iste’molchilik ijtimoiy harakati faollarining sohaga oid murojaatlari tinglanib, ular tomonidan berilgan savollarga javoblar qaytarildi.
Husnidaxon Yakubova
Toshloq tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi
Отправить комментарий