Marg‘ilonda alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarning ta’lim olishlari uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganilmoqda

Marg‘ilonda alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarning ta’lim olishlari uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganilmoqda

Marg‘ilon shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari Federatsiya topshirig‘i asosida jismoniy, aqliy, sensor yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan bolalarga davlat tomonidan ta’lim berish borasidagi ishlarni o‘rganish doirasida viloyat xalq ta’limi boshqarmasi tasarrufidagi ko‘zi ojiz va kar o‘quvchilarga ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasi Marg‘ilon shahar bo‘limida bo‘lib, o‘quvchilarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishdilar.

O‘rganish ishlarida o‘quvchi bolajonlarning ta’lim olishlari uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2021 yilning 12 oktyabrida qabul qilingan “Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim berishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida” 638-son qarori bilan tasdiqlangan «Jismoniy, aqliy, sensor yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan bolalar uchun davlat ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari to‘g‘risida»gi nizom talablari asosida sharoitlar yaratilganligi holatlari bilan tanishildi.

Iste’molchilar muayyan doirasi (ushbu o‘rinda alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolajonlar)ning huquq va manfaatlarini ko‘zlab, Federatsiya topshirig‘i asosida o‘tkazilayotgan mazkur jamoatchilik nazorati tartibidagi o‘rganishlar davomida ta’lim maskani xodimlari hamda o‘quvchi bolajonlarga amaldagi iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik talablarining targ‘iboti ham o‘tkazildi.

Saidxon Xapizov
Marg‘ilon shahar IHHQ jamiyati mutaxassisi

Отправить комментарий