To‘lov dasturlari orqali pul o‘tkazishda e’tiborsiz bo‘lmaylik
Marg‘ilon shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida Qo‘shtepa tumanida yashovchi M. N.ning to‘lov-kontrakt uchun to‘lagan pullari o‘quv muassasasining xisob raqamiga o‘z vaqtida tushmaganidan norozi bo‘lib qilgan murojaati o‘rganildi.
O‘rganish ishlari davomida ma’lum bo‘lishicha, M. N.ning Marg‘ilon Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumiga to‘lov-kontrakt uchun amalga oshirgan 917 820 (to‘qqiz yuz o‘n yetti ming sakkiz yuz yigirma) so‘m pul mablag‘i ta’lim muassasasining maxsus hisob raqamiga kelib tushgan bo‘lsada, u pul mablag‘ini Beepul ilovasi orqali o‘tkazishi jarayonida to‘lov maqsadi haqida to‘liq ma’lumot kiritmaganligi sababidan, ushbu summa texnikum elektron bazasida noma’lum summa sifatida turib qolishiga olib kelgan.
O‘rganish ishlarini o‘tkazish jarayonida ta’lim muassasasi mas’ullari bilan bog‘lanilib, fuqaro tomonidan amalga oshirilgan to‘lovga aniqlik kiritilishi va texnikum elektron bazasida to‘g‘rilanishi bilan M. N. zimmasidagi to‘lov-kontraktdan qarzdorlikni bartaraf qilinishiga erishildi.
Shu o‘rinda iste’molchilardan elektron to‘lov dasturlari orqali to‘lovlarni amalga oshirish jarayonlarida, shuningdek turli internet ilovalariga o‘zining shaxsga doir ma’lumotlarini kiritishda e’tiborli va hushyor bo‘lishlarini so‘rab qolamiz.
Saidxon Xapizov
Marg‘ilon shahar IHHQ jamiyati mutaxassisi
Отправить комментарий