O‘rganishlar natijasida iste’molchilardan 75 million so‘mdan ortiq asossiz qarzdorliklar olib tashlanishiga erishildi
Quva tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida tumanning «Do‘stlik» mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi bir guruh fuqarlaroning ichimlik suvi ta’minoti korxonasi tomonidan hisoblangan qarzdorliklardan norozi bo‘lib tuman prokuraturasiga qilgan murojaati masalani tegishliligi bo‘yicha o‘rganib chiqilgan va o‘rganish doirasida iste’molchilarning murojaatida keltirilgan vajlar isbotini topib, ularga nisbatan asossiz qarzdorliklar hisoblanishi holatlariga yo‘l qo‘yilganligi qayd qilingan hamda o‘rganish yakunlari bo‘yicha to‘plangan hujjatlar xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotga kiritilgan edi.
Joriy yilning 23 aprel kunida «Farg‘ona suv ta’minoti» MChJ Quva tuman bo‘limidan tuman jamiyatiga kelib tushgan javob xatida, taqdim qilingan hujjatlar asosida mahalla fuqarolar yig‘inidagi 218 dan ortiq xonadonlarning «Billing» bazasidagi ichimlik suvidan bo‘lgan qarzdorlik ko‘rsatkichlari qayta ko‘rib chiqilganligi va iste’molchilardan jami bo‘lib 75 105 848 so‘m asossiz qarzdorliklar olib tashlanganligi ma’lum qilindi.
Feruza Umurzaqova,
tuman jamiyati mutaxassisi
Отправить комментарий