Hududiy birlashmaning Kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Bugun Farg‘ona shahridagi «Nodavlat notijorat tashkilotlari uyi»da O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Farg‘ona viloyat hududiy birlashmasining navbatdagi Kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda Federatsiya Kengashining oxirgi majlisi kun tartibida ko‘rib chiqilgan masalalar bo‘yicha qabul qilingan qarorlardan kelib chiquvchi vazifalar, tizim tashkilotlari tomonidan joriy yilning 1-choragi davomida amalga oshirilgan hamda amaldagi qonunchilik ijrosini ta’minlash borsida hududlarda olib borilayotgan ishlar, tizim tashkilotlariga kelib tushayotgan murojaatlarni o‘rganish natijalari hamda hududiy birlashma faoliyatiga oid boshqa tashkiliy va joriy masalalar ko‘rib chiqilib, tegishli qarorlar qabul qilindi.
Yig‘ilish doirasida Kengash a’zolarining hudud aholisini huquqiy savodxonligi va iste’mol madaniyatini oshirish, soha bo‘yicha jamoatchilik nazorati tadbirlarini tashkillash va o‘tkazish bo‘yicha fikr-mulohazalari va takliflari tinglanib, istiqboldagi vazifalar ham belgilab olindi.
Отправить комментарий