Quvasoyda iste’molchilik ijtimoiy harakati faol targ‘ib qilinmoqda

Quvasoyda iste’molchilik ijtimoiy harakati faol targ‘ib qilinmoqda

Quvasoy shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatining asosiy faoliyat yo‘nalishlari rejasi asosida shahardagi 4 va 21-maktabgacha ta’lim tashkilotlarida hamda shahar oilaviy poliklinikasi ishchi xodimlari ishtirokida targ‘ibot tadbirlari bo‘lib o‘tkazildi. Tadbirlar kun tartibida asosiy e’tibor mamlakatimizda iste’molchilik ijtimoiy harakatini yanada keng quloch yoydirish va ushbu jarayonlarda shahar aholisining ham faol ishtiroki ta’minlash masalalariga qaratildi.

«Biz barchamiz — iste’molchimiz» mavzusida o‘tkazilgan mazkur tadbirlarda yurtimizda iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik asoslari, qonunchilik ijrosini ta’minlashda davlat va nodavlat tashkilotlarining ishtiroki va tutgan o‘rni, mamlakatimiz iste’molchilik ijtimoiy harakatini yanada rivojlantirish istiqbollari kabi masalalar atroflicha muhokama qilindi.

Tadbirlar doirasida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javoblar qaytarilib, uning yakunlariga ko‘ra ta’lim va tibbiyot muassasalari hamda Federatsiyaning tegishli tashkiloti o‘rtasida aholining iste’molchilik huquqiy bilim saviyasi va iste’mol madaniyatini yanada oshirish ishida yaqindan hamkorlik olib borishga kelishib olindi.

Farxodjon Xaydarov,
shahar jamiyati raisi.

Отправить комментарий