Nuqsonli chiqqan idish-tovoqlar to‘plami puli iste’molchiga qaytarildi

Nuqsonli chiqqan idish-tovoqlar to‘plami puli iste’molchiga qaytarildi

Quvasoy shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida shaharning A.Azizov ko‘chasida yashovchi B.X.ning savdo do‘konidan 3 700 000 so‘mga sotib olingan idishlar to‘plami iste’molga yaroqsiz chiqqanligi xususidagi yozma murojaati o‘rganildi.

Iste’molchiga ko‘ra, u ro‘zg‘orda ishlatiladigan idish-tovoqlar to‘plamini Marg‘ilon shahridagi «Ipakchilar buyum bozori» hududidagi savdo do‘konidan xarid qilib olgan. Xonadonda ko‘zdan kechirilganda to‘plam ichidagi idishlarning ayrimlarida uchgan joylari borligini ko‘rib, ularni sotuvchiga qaytarib olib borganida, undan rad javobi olgach, masalani qonuniy hal qilinishida amaliy yordam ko‘rsatilishini so‘rab iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilgan.

Mazkur murojaatni o‘rganilishi jarayonida, amaldagi qonunchilikka ko‘ra, iste’molchi o‘ziga sotilgan to‘plamning mustaqil tarkibiy qismi bo‘lgan buyumda nuqsonlar borligini aniqlagan taqdirda, o‘z e’tirozini butun to‘plamga nisbatan ham, ularning nuqsonlari bor mustaqil tarkibiy qismlariga nisbatan ham bildirishi va qonuniy talablarini qo‘yishi mumkinligidan kelib chiqib, sotuvchiga bu borada tushuntirishlar berilishi bilan tovar uchun to‘langan pul summasini iste’molchiga qaytarilishiga erishildi.

Farxodjon Xaydarov,
shahar jamiyati raisi.

Отправить комментарий