Ijtimoiy sherikchilik komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Ijtimoiy sherikchilik komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Bugun Farg‘ona shahridagi «Nodavlat notijorat tashkilotlari uyi»da Xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashi huzuridagi Jamoat fondi tomonidan “Jamiyatning ijtimoiy-ma’naviy salohiyatini yanada yuksaltirishda Jamoat tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlash” mavzusidagi davlat grantini ajratish uchun 3-tanlovi hamda ikkinchi davlat ijtimoiy buyurtmasi tanlovlariga kelib tushgan loyihalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Unda tanlovda e’lon qilingan muddat ichida nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlaridan davlat granti bo‘yicha kelib tushgan, NNT vakillaridan 13 ta va ommaviy axborot vositalari vakillaridan 2 ta, jami 15 ta loyihalar, shuningdek davlat ijtimoiy buyurtmasi bo‘yicha kelib tushgan 2 ta loyiha ko‘rib chiqildi hamda uning yakunlariga ko‘ra tegishli qarorlar qabul qilindi.

Отправить комментарий