Kasb bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz ustozlar!
O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini ihmoya qilish jamiyatlari federatsiyasi va uning hududiy tashkilotlari tomonidan maktab va maktabgacha ta’lim tashkilotlari bilan yaqindan ijtimoiy sheriklik va hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilgan. Buning natijasida juda ko‘plab ta’lim muassasalarida Federatsiyaning tayanch guruh (boshlang‘ich tashkilot)lari faoliyati ham yo‘lga qo‘yilgan.
Federatsiya va uning hududiy tashkilotlari tomonidan ta’lim muassasalarida mehnat faoliyati olib borayotgan pedagog xodimlarni iste’molchilik huquqlarini himoya qilish, ularning iste’molchilik huquqiy bilim saviyasi va iste’mol madaniyatini yuksaltirish yo‘nalishida chora-tadbirlar amalga oshirib borilishi barobarida iste’molchilik ijtimoiy harakatida faol ishtirok etayotgan pedagog xodimlarni kasb bayramlari munosabati bilan yo‘qlash tadbirlari ham o‘tkazib borilmoqda. Shunday tadbirlardan biri Federatsiyaning Qo‘shtepa tuman jamiyati tomonidan ham tashkillanib, unda tumandagi 10-umumta’lim maktabida mehnat faoliyati olib borayotgan bir necha nafar ustozlarni kasb bayramlari bilan qutlandi.
Ma’rifatxon Saidova,
tuman jamiyati raisi.
Отправить комментарий