Maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlari ishtirokida tadbir bo‘lib o‘tdi

Maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlari ishtirokida tadbir bo‘lib o‘tdi

Marg‘ilon shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tashabbusi bilan shahardagi 26-davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlari ishtirokida «Barchamiz iste’molchimiz» mazusida targ‘ibot tadbiri tashkillandi. Davra suhbati tarzida o‘tkazilgan ushbu tadbirda yurtimizda iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik asoslari, qonunchilik ijrosini ta’minlashda davlat va nodavlat tashkilotlarining ishtiroki va tutgan o‘rni, mamlakatimiz iste’molchilik ijtimoiy harakatini yanada rivojlantirish istiqbollari kabi masalalar atroflicha muhokama qilindi.

Tadbir doirasida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javoblar qaytarilib, uning yakunlariga ko‘ra ta’lim tashkiloti va shahar jamiyati o‘rtasida yaqindan ijtimoiy sheriklik va hamkorlik aloqalarini olib borishga kelishib olindi, shuningdek tashkilot xodimlarining mamlakatimiz iste’molchilik ijtimoiy harakatida hamda sohaga oid qonunchilik ijrosi ustidan jamoatchilik nazorati tadbirlarida faol ishtirok etishga chaqirib qolindi.

Avazbek Yusupov,
shahar jamiyati mutaxassisi.

Отправить комментарий