TATU Farg‘ona filiali o‘qituvchilari ishtirokida targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi

TATU Farg‘ona filiali o‘qituvchilari ishtirokida targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligi va O‘IHHQJ Federatsiyasi tomonidan tasdiqlangan «O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 4 maydagi «Mamlakatni demokratik yangilash jarayonida fuqarolik jamiyati institutlarining rolini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-5430 sonli Farmoni va Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 28 noyabrdagi «Iste’molchilar huquqlarini himoya qilishda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 414-sonli qarori asosida fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, aholining muammolarini tizimli o‘rganish va aniq hal etilishida samarali jamoatchilik nazoratini o‘rnatilishini ta’minlash maqsadida ijtimoiy sheriklik asosida iste’molchilik ijtimoiy harakatini keng yo‘lga qo‘yish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi asosida Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali o‘qituvchilari ishtirokida targ‘ibot tadbiri tashkillandi.

Tadbirda yuqoridagi chora-tadbirlar rejasi asosida belgilab maqsad va vazifalar, ularning ijrosini ta’minlash yo‘nalishida olib borilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan tushuntirishlar berish barobarida Federatsiya va uning hududiy tashkilotlari tomonidan mamalkatimizda iste’molchilik ijtimoiy haarkatini yanada rivojlantirish boarsida olib borilayotgan ishlar yuzasidan atroflicha ma’lumotlar ham berib o‘tildi.

Tadbir yakunlariga oliy ta’lim dargohi o‘qituvchilar jamoasi hamda Federatsiyaning Farg‘ona shahar jamiyati o‘rtasida iste’molchilarning sohaga oid huquqiy bilimlarini oshirib borish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda sohaga oid qonunlar ijrosi ustidan jamoatchilik nazoratini o‘rnatilishida yaqindan ijtimoiy sheriklik va hamkorlik olib borilishiga kelishib olindi.

Отправить комментарий