Targ‘ibot tadbirlari o‘tkazib borilmoqda
Beshariq tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tashabbusi bilan hududdagi ta’lim tizimi tashkilotlari xodimlar o‘rtasida amaldagi qonunchilik targ‘ibotiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazib borilmoqda. Tumandagi 39-umumta’lim maktabi xodimlari o‘rtasida tashkillangan tadbir ham shular jumlasidandir.
«Iste’molchilar huquqlari qonun himoyasida» mavzusi ostida o‘tkazilgan tadbirda iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik mazmun-mohiyati, uning ijrosini ta’minlashda davlat va nodavlat tashkilotlarining ijtimoiy sheriklik va hamkorligi, qonunchilikni aholining keng qatlamlariga yetkazilishida va sohaga oid qonunchilik ijrosi ustidan samarali jamoatchilik nazorati olib borilishida ta’lim tashkilotlari va jamoatchilik nazorati sub’ektlari hamkorligining afzalliklari, Federatsiya va uning hududiy tashkilotlari faoliyati haqida atroflicha ma’lumot va tushuntirishlar berib o‘tildi.
Tadbir doirasida ishtirokichlarning kun tartibidagi masala yuzasidan fikr-mulohaza hamda takliflari tinglanib, tadbir yakunlariga ko‘ra ikki tashkilot o‘rtasida yaqindan ijtimoiy sheriklik va hamkorlik olib borishga kelishib olindi.
Xamidjon Axmedov,
Beshariq tuman jamiyati raisi.
Отправить комментарий