Tibbiyot muassasasida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi
Mamlakatimizda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik mazmun-mohiyatini aholining keng qatlamlariga yetkazilishida va sohaga oid qonunchilik ijrosi ustidan samarali jamoatchilik nazorati olib borilishida davlat va nodavlat tashkilotlarining yaqindan ijtimoiy sheriklik va hamkorlikda faoliyat olib borishlari muhim o‘rin tutadi. Ushbu jarayonda O‘zbekiston Respublikasining «Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida»gi qonuni dasturilamal bo‘lib xizmat qiladi. Shu nuqtai nazardan, Federatsiyaning hududiy tashkilotlari mazkur qonun bilan yaratib berilgan imkoniyatlardan samarali foydalangan holda turli sohalarda faoliyat ko‘rsatayotgan davlat idoralari bilan hamkorlikda faoliyat olib borish maqsadida ularda turli mavzulardagi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni o‘tkazib bormoqdalar.
Federatsiyaning Oltiariq tuman jamiyati tomonidan tumandagi 1-son shifoxona tibbiyot xodimlari ishtirokida o‘tkazilgan targ‘ibot tadbirlari ham shular jumlasidan bo‘lib, ularda iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi amaldagi qonunchilik ijrosini ta’minlashda “Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida”gi va “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi qonunlarning tutgan o‘rni va ahamiyati, Federatsiya va uning hududiy tashkilotlari tomonidan qonunchilik ijrosini ta’minlashda davlat idoralari bilan olib borilayotgan o‘zaro hamkorlik va ijtimoiy sheriklik, bu borada imzolangan memorandumlar, hamkorlik to‘g‘risidagi bitimlar va ularning ijrosi borasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan atroflicha ma’lumotlar berib o‘tildi.
Tadbir davomida ishtirokichlarni qiziqtirgan savollarga javoblar qaytarilib, ularning bu boradagi fikr-mulohaza hamda takliflari tinglandi.
Dilobar Dadaxonova,
tuman jamiyati mutaxassisi.
Отправить комментарий