Uzviy hamkorlikda ishlash masalalari muhokama qilindi

Quva tumani iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan hududdagi korxona, tashkilot, idora va muassasalarda turli mavzulardagi targ‘ibot tadbirlari o‘tkazib kelinmoqda. Shunday tadbirlardan biri tumandagi 66-umumta’lim maktabi jamoasi ishtirokida tashkillandi.

Dastlab tuman jamiyati raisi Adxamjon Xamidov yurtimizda iste’molchilik ijtimoiy harakatini rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlar, Federatsiya va uning hududiy organlarini ushbu jarayonda tutgan va roli haqida atroflicha ma’lumotlar berib o‘tdi. Shuningdek, amaldagi iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunlar va qonunosti me’yoriy hujjatlari ijrosini, ushbu jarayonda aholining keng ishtirokini ta’minlash, sohaga oid qabul qilinayotgan hujjatlarning ijrosi ustidan jamoatchilik nazoratini olib borish masalalaridagi fikr va mulohazalarini ham bildirib o‘tdi.

Tadbirda so‘z olganlar tomonidan yurtimizda iste’molchilik ijtimoiy harakatining o‘rni va ahamiyati, bu boradagi qonunlar ijrosini ta’minlashda iste’molchilar jamoat birlashmalarining o‘rni, Prezidentimiz Sh.Mirziyoevning Oliy Majlisga yo‘llagan murojaatidan kelib chiquvchi vazifalar yuzasidan fikr va mulohazalar bildirildi.

Tadbir doirasida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga ham javoblar qaytarildi.

Feruza Umurzaqova
Quva tuman IHHQ jamiyati mutaxasisisi