Matbuot anjumani

Ahmad Farg‘oniy nomli viloyat Axborot-kutubxona markazida Farg‘ona viloyati hokimi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi direktori tomonidan tasdiqlangan “Farg‘ona viloyati hokimi, shahar va tuman hokimlari hamda viloyat tashkilotlari rahbarlari ishtirokida o‘tkaziladigan tadbirlar rejasi” ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jаmiyatlari federatsiyasi Farg‘ona viloyat hududiy birlashmasi raisi Axrorjon Raxmonaliev ishtirokida “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi viloyat hududiy birlashmasi tomonidan 2021 yilning 4 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar tahlili: muammolar, yutuqlar va rejalar” mavzusida matbuot anjumani tashkillandi.

Anjuman doirasida hududiy birlashma va uning quyi tuzilmalari hisoblangan 19 ta tuman (shahar) iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari tomonidan joriy yilning 4 oyi davomida iste’molchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning huquqiy bilimi va iste’mol madaniyatini oshirish, ichki bozorda sotilayotgan iste’mol tovarlari va ko‘rsatilayotgan xizmatlarning zarur sifati va xavfsizligini, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining boshqa talablarini ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar, erishilgan yutuqlar, duch kelinayotgan muammolar, istiqboldagi rejalar xususida fikr va mulohazalar bildirib o‘tildi.

Ta’kidlandiki, barchaning iste’molchiligidan kelib chiqib, shuningdek aholining murojaatlari bilan ishlash va ularda ko‘tarilayotgan masalalarni tizimli hal qilish maqsadida yurtimizda iste’molchilik ijtimoiy harakatini yanada rivojlantirish, aholining faol qatlamlarini iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik ijrosi ustidan olib boriladigan jamoatchilik nazoratida faol ishtirokini ta’minlanishidan barcha manfaatdordir. Ushbu jarayonda esa amaldagi qonun va qonunosti me’yoriy hujjatlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2020 yil dekabr’ oyida Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasida ko‘rsatib o‘tilgan sohaga oid vazifa va topshiriqlar dasturilamal bo‘lib xizmat qiladi.

Hududiy birlashma Axborot xizmati