Farg‘ona shahrida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatining umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Farg‘ona san’at maktabida shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan 2016-2020 yillar va 2021 yilning o`tgan davri davomida iste’molchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning huquqiy bilim saviyasi va iste’mol madaniyatini oshirish borasida olib borilgan ishlar tahliliga bag‘ishlangan umumiy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda Federatsiyaning Farg‘ona shahar jamiyati ijro etuvchi apparati mas’ullari va shahardagi korxona, tashkilot va muassasalardagi tayanch guruhlari rahbarlari va faollari ishtirok etdilar.

Umumiy yig‘ilish jamiyat raisi Nodirjon Toshkanovning shahar jamiyati tomonidan 2016-2020 yillar va 2021 yilning o`tgan davri davomida amalga oshirilgan bo‘yicha hisobotining tingladi va ma’qulladi.

Shuningdek, yig‘ilishda Farg‘ona viloyat iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari hududiy birlashmasining navbatdagi konferensiyasiga vakillar nomzodlari ko‘rib chiqildi va tasdiqlandi.

Shahar jamiyati faollari umumiy yig‘ilishida hududiy birlashma sektor boshlig‘i F.Boynazarov ishtirok etdi.

Baxodirxon Usmonov
Farg‘ona shahar IHHQ jamiyati bosh mutaxassisi