Iste’molchi haqdor bo‘lib chiqdi

Oltiariq tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tomonidan Istiqlol mahalla fuqarolar yig‘ini hududida yashovchi fuqaro J.Qayumovning iste’mol qilingan elektr energiyasi to‘lovlari bo‘yicha haqdor bo‘lsada qarzdorlik kelib chiqayotganligini bildirib, tuman prokuraturasiga qilgan murojaati o‘rganildi.

O‘rganish davomida fuqaro xonadonida ASKUE tizimida ishlovchi yangi elektron rusumidagi hisoblagich o‘rnatilganligi, o‘rganish kuniga hisoblagich ko‘rsatgichi 163 kVt/soat, to‘lovlar esa hisoblagichning 247 kVt/soat ko‘rsatkichiga qadar amalga oshirilganligi, ya’ni xonadonning amalga oshirilgan to‘lovlar bo‘yicha oldindan to‘lovda ekanligi ma’lum bo‘ldi.

O‘zini qiynab turgan masala ijobiy hal etilganidan xursand bo‘lgan fuqaro, iste’mol qilingan elektr energiyasi hisob-kitobida kelib chiqayotgan tushunmovchiliklarni bartaraf qilinishini so‘rab tuman elektr tarmoqlari korxonasiga bir necha bor murojaat qilishiga qaramasdan masala hal bo‘lmasdan kelayotganligi sababli yuqori turuvchi tashkilotlarga murojaat qilishga majbur bo‘lganligi haqida aytar ekan, o‘z o‘rnida tuman jamiyati mutaxassislariga ko‘rsatilgan amaliy yordam uchun minnatdorchilik izxor qildi.

Dilobar Dadaxonova 

Oltiariq tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi