«Farg‘onaazot» AJda targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Farg‘ona shahar jamiyati tashabbusi bilan «Farg‘onaazot» aksiyadorlik jamiyatida tashkillangan tayanch guruhi faollari va a’zolari ishtirokida targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda hududiy birlashma Axborot xizmati rahbari G‘.Mamatqulov Federatsiya va uning hududiy ijro etuvchi organlari faoliyati, sohaga oid yangiliklar, amaldagi qonunchilikka kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar bo‘yicha yig‘ilganlarga ma’lumotlar berib o‘tdi.

Farg‘ona shahar jamiyati raisi N.Toshkanov esa jamiyatning 2022 yil 1-yarim yillik faoliyat yakunlari, shuningdek, zavodda tashkillangan tayanch guruhi bilan hamkorlikda olib borilgan ishlar, istiqboldagi rejalar xususida tadbir ishtirkochilariga atroflicha axborotlar berib o‘tdi.

Tadbir doirasida tayanch guruhi a’zolarining faoliyatga oid masalalardagi fikr va mulohazalari hamda takliflari tinglanib, ularni qiziqtirgan savollarga javoblar qaytarildi.

Hududiy birlashma Axborot xizmati