Hududiy birlashma tomonidan hamkor tashkilotlar ishtirokida press-tur tashkillandi

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Farg‘ona viloyat hududiy birlashmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi va Farg‘ona viloyat hokimi tomonidan tasdiqlangan media tadbirlar rejasi asosida Farg‘ona shahar Markaziy Dehqon bozori qoshidagi Veterinariya-sanitariya ekspertiza (VSE) laboratoriyasi faoliyati bilan tanishish maqsadida «Dehqon bozorlarida sotilayotgan mahsulotlarning amaldagi me’yorlar talablariga javob berishi, iste’molchilar hayoti, sog‘ligi va mol-mulkiga ziyon yetkazmasligi bo‘yicha qanday choralar ko‘rilmoqda?» mavzusida press-tur o‘tkazildi.

Press-tur Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzuridagi iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi Farg‘ona viloyat boshqarmasi, O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya sohasida davlat nazorati departamenti Farg‘ona viloyat bo‘limi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati Farg‘ona viloyat boshqarmasi hamkorlikda tashkillandi.

O‘tkazilgan tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad bozorlarda mahsulotlarni, ayniqsa go‘sht, sut, tuxum va baliq mahsulotlarini, shuningdek meva-cheva, sabzavot va poliz mahsulotlarini aholiga realizasiya qilishda mazkur mahsulotlarning “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonun talablari, xusasan qonunning 12-moddasiga asosan sanitariya-gigiena, shu jumladan, radiologiya, epidemiyaga qarshi talablarga va amaldagi boshqa normalar hamda qoidalarga rioya etgan holda ishlab chiqarilgan bo‘lishini va iste’molchilarning hayoti, sog‘lig‘i, atrof-muhit uchun xavfsiz bo‘lishiga, shuningdek, ularning mol-mulkiga zarar yetkazmasligini ta’minlash bo‘yicha vakolatli idora tomonidan olib borilayotgan davlat nazorati ishlari bilan ommaviy axborot vositalari vakillarini tanishtirishdan iborat bo‘ldi.

Tadbir doirasida ishtirokchilar VSE laboratoriyasi mas’ul xodimlaridan sohaga oid masalalarda amalga oshirilayotgan ishlar, yangiliklardan boxabar bo‘lishilari barobarida, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar ham oldilar.

Hududiy birlashma Axborot xizmati