Asossiz qarzdorlik iste’molchi zimmasidan soqit qilinadigan bo‘ldi

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatilari federatsiyasining «1091» qisqa raqamli yagona ishonch telefoniga murojaat qilgan Oltiariq tumani Povulg‘on mahalla fuqarolar yig‘ini hududida yashovchi fuqaro M.K. ”Hududgaz Farg‘ona“ gaz ta’minoti filiali tuman bo‘limi tomonidan xonadonida foydalanilmagan tabiiy gaz uchun 1 mln 700 ming so‘m asossiz qarzdorlik xisoblanganligidan noroziligini bildirib murojaat etgan.

Mazkur murojaatni tuman jamiyati mutaxassislari tomonidan o‘rganish ishlari o‘tkazish jarayonida murojaat muallifi yashab kelayotgan hududga tabiiy gaz tarmog‘i tortilganligi va aholi tabiiy gaz tarmog‘iga ulanganligi kuzatildi. Shuningdek, murojaatchi tomonidan ma’lum qilingan manzildagi xonadon ham gaz tarmog‘iga ulangan hamda xonadonga «ROTOR» rusumli gaz hisoblagich uskuna o‘rnatilgan. Tuman gaz idorasida M.K ga alohida abonent raqami ochilgan.

Murojaatchiga ko‘ra, xonadonda vaqtincha xech kim yashamaganligi uchun muayyan vaqt davomida tabiiy gazdan foydalanilmagan. Faqatgina fuqaro 2022 yilning dekabr oyida xonadoniga zamonaviy gaz hisoblagich o‘rnatilishini so‘rab tuman gaz idorasiga murojaat qilgan vaqtida 1 mln 700 ming so‘m miqdoridagi qarzdorlikdan xabar topgan.

O‘rganish ishlari davomida holatga aniqlik kiritilib, fuqaro xonadoniga hisoblangan qarzdorlikning asossizligi ma’lum bo‘ldi hamda ushbu holat bo‘yicha “Hududgaz Farg‘ona» gaz ta’minoti filialiga aloqa xati yuborilib, iste’molchiga hisoblangan noreal qarzdorlikni hisobidan chiqarilishiga erishildi.

Dilobar Dadaxonova
Oltiariq tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi