Navro`zi olam muborak bo`lsin

Hurmatli yurtdoshlar! Ona diyorimizga Navro‘zi olam kirib kelmoqda. Navro‘z bayrami yasharish va yangilanish bayramidir. U o‘zida ming bir tarixni mujassam etgan, insonlarni mehr-muruvvatga, diyonatga boshlagan, adolat va insoniylik tamoyilini namoyish etgan qutlug‘ ayyomdir.

Barchangizni ushbu ayyom bilan tabriklab, o‘zimizning qalbimizdagi eng samimiy tilaklarimizni izhor etamiz. Navro‘zi olam yurtimizga tinchlik-omonlik, baxtu saodat, qut-baraka olib kelsin. Barchamizning ezgu orzu-niyatlarimiz ushalsin!

Bayramingiz muborak bo‘lsin!

Hududiy birlashma jamoasi