O‘rganish ishlari haqdorlik mavjudligini ko‘rsatdi
Dang‘ara tumani iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida tumanning «Shodlik» mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi Q.I.ning chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish xizmatlarini ko‘rsatuvchi korxona tomonidan hisoblangan qarzdorlik summasidan norozi bo‘lib qilgan murojaati o‘rganildi.
Murojaatni o‘rganishda hududga 2020 yilning oktyabr oyidan «Agro Rishton ta’mir servis» MChJ tomonidan chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish xizmatlari ko‘rsatilib kelinayotganligi, iste’molchi Q.I. xonadoniga joriy yilning may oyi holatiga 333 800 so‘m miqdorida qarzdorlik hisoblanganligi va qarzdorlikni bartaraf qilish so‘ralganligi ma’lum bo‘ldi.
Murojaatni o‘rganish davomida xonadonda istiqomat qiluvchilar soniga aniqlik kiritish yo‘li bilan olib borilgan qayta hisob-kitob ishlari, iste’molchi tomonidan amalga oshirilgan to‘lovlarni ko‘rib chiqilishi natijalariga ko‘ra xonadonda qarzdorlik emas, aksincha 182 220 so‘m miqdorida oldindan to‘lov (haqdorlik) summasi mavjudligi ma’lum bo‘ldi. O‘rganish yakunlari bilan murojaat egasiga bu haqda javob xati bilan ma’lum qilindi.
Rauf Tuychiyev,
tuman jamiyati mutaxassisi.
(foto sun’iy intellekt yordamida tayyorlandi)
Отправить комментарий