Beshariqda tibbiyot sohasi xodimlari bilan muloqotlar davom etmoqda

Beshariqda tibbiyot sohasi xodimlari bilan muloqotlar davom etmoqda

Beshariq tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mas’ullari tomonidan tuman Tibbiyot birlashmasi Terapiya bo‘limida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik targ‘iboti, ularning huquqiy bilimi va iste’mol madaniyatini oshirish masalalarida o‘tkaziladigan tadbirlar rejasiga muvofiq targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

«Iste’molchi huquqlari qonun himoyasida» mavzusidagi mazkur tadbirda iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik mazmun-mohiyati, sohaga oid yangiliklar, qonun ijrosini ta’minlashda davlat va jamoat tashkilotlari o‘rtasidagi ijtimoiy sheriklik va hamkorlik hamda jamoatchilik nazoratining tutgan o‘rni va ahamiyati kabi masalalarda fikr-mulohazalar almashildi.

Tadbir doirasida tibbiyot xodimlarining turli sohalar va yo‘nalishlardagi yechimini kutayotgan muammolarini hal etish masalasida huquqiy maslahatlar berilib, ijobiy yechim topishga erishildi. Shuningdek, tibbiyot xodimlarining iste’mol sohasiga oid bo‘lgan hamda qo‘shimcha o‘rganishni talab qiluvchi murojaatlari tuman jamiyati tomonidan o‘rganib chiqib, hal qilinishi uchun ro‘yxatga olindi.

Xamidjon Axmedov,
jamiyat raisi.

Отправить комментарий