Iste’molchi norozi bo‘lgan qarzdorlikka oydinlik kiritib berildi

Iste’molchi norozi bo‘lgan qarzdorlikka oydinlik kiritib berildi

Beshariq tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida «Beshkapa» mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi O.P.ning ichimlik suvi ta’minoti korxonasi tomonidan uning xonadoniga hisoblangan 1 700 000 so‘mdan ortiq qarzdorlikdan norozi bo‘lib Federatsiyaning 1091 qisqa raqamli ishonch telefoniga qilgan murojaati o‘rganildi.

Iste’molchiga ko‘ra, xonadon toza ichimlik suvini tashib keltirib iste’mol qilgani holda, o‘z ehtiyoji va tomorqa yer maydonlarini sug‘orishda yer osti suvlari (kachalka)dan foydalanadi. Ichimlik suvi to‘lovlari uchun so‘ngi marta joriy yilning iyul oyida 345 000 so‘m miqdoridagi to‘lovni amalga oshirgan.

Murojaat asosida ichimlik suvi ta’minoti korxonasiga so‘rov xati kiritilib, o‘rganish ishlari mazkur tashkilot mas’ullari bilan hamkorlikda davom ettirildi. O‘rganish davomida tuman ichimlik suvi ta’minoti korxonasi mijozlar bilan ishlash sho‘’basida iste’molchi O.P. uchun yuritilgan shaxsiy hisob varag‘ida o‘rganish kuni holatiga 1 757 870 so‘m qarz majburiyati mavjudligi, xonadon oila a’zolari soni 5 nafarligidan kelib chiqib, dasturga kiritilgan ma’lumotlar asosida ko‘cha kolonkasidan tashib ichish hisobidan o‘zaro hisob-kitoblar olib borilganligi, dastur asosida o‘zaro hisob-kitoblar yig‘indisi 2021-2025 yillar kesimida oyma-oy tahlil qilinganda 2021 yil sentyabr oyi oxiriga qoldiq summa, ya’ni qarz majburiyati 490 650 so‘mni tashkil etganligi va mazkur qarz majburiyati summasi 2021 yilning oktyabr oyi oylik iste’mol to‘lov hisobi bilan qo‘shib hisoblaganda 976 725 so‘mni, ya’ni texnik xatolik bilan oshiqcha 476 075 so‘mga tafovut bilan bazaga kiritilganligi ma’lum bo‘ldi.

O‘rganish ishlari yakunlari bilan, joriy yilning iyul oyida to‘langan 345 000 so‘m, shuningdek bazaga oshiqcha kiritilgan tafovut 476 075 so‘m hamda fuqaro xonadoni uchun ikki oy davomida yetkazib berilmagan suv iste’moli uchun to‘lov 52 433 so‘mni chegirib tashlagan holda, iste’molchida mavjud real qarzdorlik summasi 528 508 so‘mni tashkil etishi ma’lum bo‘ldi va unga mazkur qarzdorlik summasini bartaraf etish yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Shoiraxon Nasriddinova,
jamiyat mutaxassisi.

Отправить комментарий