Tibbiyot muassasasida targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi

Tibbiyot muassasasida targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi

Federatsiyaning Farg‘ona viloyatidagi tizim tashkilotlari tomonidan korxona, tashkilot, idora va muassasalarda o‘tkazib borilayotgan targ‘ibot tadbirlaridan ko‘zlangan asosiy maqsad amaldagi qonunchilik mazmun-mohiyatini aholining keng qatlamlariga yetkazishdan iboratdir.

Farg‘ona shahridagi ko‘p tarmoqli poliklinikada o‘tkazilgan targ‘ibot tadbirida mamlakatimizda iste’molchilik ijtimoiy harakati faoliyati, iste’molchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning iste’molchilik sohasiga oid huquqiy bilimi va iste’mol madaniyatini oshirish borasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan ham axborotlar berib o‘tilib, ishtirokchilarga iste’molchi sifatida huquqlari buzilgan holatlarda davlat idoralari, shuningdek Federatsiyaga murojaat qilish yo‘l-yo‘riqlari yuzasidan ham tushuntirishlar berib o‘tildi.

Tadbirlar doirasida tizim tashkilotlariga iste’molchilardan kelib tushayotgan murojaatlar, ularni o‘rganib chiqilishi va hal qilinishi natijalari yuzasidan misollar tarzida axborotlar berib o‘tilib, ishtirokchilarning savollariga mutaxassislar tomonidan javoblar qaytarildi.

Отправить комментарий