Elektroskuterini ro‘yxatdan o‘tkaza olmagan iste’molchi Federatsiya ishonch telefoniga murojaat qilgan

Elektroskuterini ro‘yxatdan o‘tkaza olmagan iste’molchi Federatsiya ishonch telefoniga murojaat qilgan

Vazirlar Mahkamasining 75-sonli qarori bilan tasdiqlangan «O‘zbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalari»da respublika hududida avtomototransport vositalarini chakana sotish xususiyatlari ko‘rsatib o‘tilgan bo‘lib, unga ko‘ra sotilgan avtomototransport vositasi uchun sotuvchi xaridorga quyidagilarni berishi kerak:

— servis daftarchasi,
— foydalanish bo‘yicha amaliy qo‘llanma,
— pul bank muassasasi orqali olinganligini tasdiqlovchi tovar (kassa) cheki yoki boshqa hujjat,
— avtomototransport vositasi kompleksiga kiruvchi anjomlar to‘plami, agar bunday to‘plam ishlab chiqaruvchi tomonidan nazarda tutilgan bo‘lsa,
— O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati organlarida ro‘yxatdan o‘tkazish uchun asos bo‘lib xizmat qiluvchi ma’lumotnoma-schyot.

Toshkent viloyati Qibray tumanilik S.S. Qo‘qon shahridan I.I. ismli sotuvchidan 1270 AQSh dollariga kelishib, 900 000 so‘m yetkazib berish xizmati uchun to‘lovni amalga oshirib xarid qilgan «Wasat motors» rusumli yuk tashishga mo‘ljallangan elektr skuterini Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati organlaridan ro‘yxatdan o‘tkazmoqchi bo‘lganida ro‘yxatdan o‘tkazish uchun asos bo‘lib xizmat qiluvchi ma’lumotnoma-schyot hujjati yo‘qligi ma’lum bo‘lgan. U bu borada Federatsiya 1091 qisqa raqamli ishonch telefoniga murojaat qilib, amaliy yordam ko‘rsatilishini so‘ragan.

Murojaat hududiy tegishliligi bo‘yicha Qo‘qon shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tomonidan o‘rganilib, sotuvchi bilan bu borada tushuntirishlar olib borildi hamda ma’lumotnoma-schet uning tomonidan tayyorlatilib, iste’molchiga yuborildi.

Muhammadjon O‘lmasov,
jamiyat mutaxassisi.

Отправить комментарий