Tabiiy gaz hisoblagichiga oid muhim maslahatlar

Tabiiy gaz hisoblagichiga oid muhim maslahatlar

Agar sizning gaz hisoblagichingizni yechish, tekshirish (qiyoslash) yoki qayta o‘rnatish kerak bo‘lsa, bu jarayon Vazirlar Mahkamasining 20.08.2019-yildagi 698-son qaroriga binoan davlat xizmati orqali amalga oshiriladi.

Arizani Davlat xizmatlari markazlari, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (my.gov.uz) yoki rasmiy gaz tashkiloti orqali topshiring. Shunda siz aldanishdan saqlanasiz.

Hisoblagich yechilganda yoki o‘rnatilganda dalolatnoma (akt) tuziladi. Unda hisoblagichning raqami, ko‘rsatkichlari va muhr holati yoziladi. Shu hujjatning bir nusxasini o‘zingizda saqlang.

Qiyoslashdan o‘tgan hisoblagichda sertifikat bo‘lishi shart. Amal qilish muddati tugamaganini tekshirib oling.

Xizmat uchun to‘lov bo‘lsa, faqat rasmiy kvitansiya orqali to‘lang. Begona shaxslarga naqd pul bermang.

Eng muhimi — har bir ish rasmiy yo‘l bilan, hujjat asosida bajarilishini talab qiling. Shu yo‘l bilan siz ham xavfsiz, ham adolatli xizmat olasiz.

Asror Yigitaliyev,
Buvayda tuman jamiyati raisi.

Отправить комментарий