Uzoq muddat foydalaniladigan tovarlarni ta’mirlash davrida foydalanib turish o‘rniga uchun xuddi shunday tovar berib turiladi, ayrim hollar bundan mutasno

Uzoq muddat foydalaniladigan tovarlarni ta’mirlash davrida foydalanib turish o‘rniga uchun xuddi shunday tovar berib turiladi, ayrim hollar bundan mutasno

Kafolat muddatida tovarda nuqson topilsa, iste’molchi uni bepul ta’mirlashni talab qilishga haqli. Qonunchilikda uzoq muddat foydalaniladigan tovarlar ta’mirlashga qabul qilinganda xaridorga shu davrda foydalanib turish uchun xuddi shunday tovar berib turish majburiyati bor. Aytaylik, televizorni servis markazida ta’mirlash davrida iste’molchiga foydalanib turish uchun xuddi shunday televizor berib turilishi unga qonun yaratib bergan katta imkoniyat va qulaylikdir.

Biroq bu talab barcha uzoq muddat foydalaniladigan tovarlarga tatbiq etilmaydi. Chakana savdo qoidalarining 2-ilovasida aynan qaysi tovarlarga bu talab qo‘llanilmasligi aniq ko‘rsatilgan. Ro‘yxatga avtomobillar, mebel, ayrim maishiy elektr priborlari, zargarlik buyumlari kabi tovarlar kiritilgan.

Bunday istisno kiritilishining asosiy sababi — ushbu ro‘yxatdagi tovarlarning xususiyati bilan bog‘liq. Bu yerda ularning qimmat, katta hajmli yoki o‘rnatish-olib tashlash jarayonlari ko‘p vaqt va resurs talab qilishidan, shuningdek, ba’zi modellar doimiy aylanma zaxirada bo‘lmasligi ham mumkinligidan kelib chiqilgan. Avtomobilingizni ta’mirlash davrida Sizga minib turish uchun avtomobil berib turilishi sotuvchi yoki ishlab chiqaruvchi uchun murakkab vazifalardan bo‘lsa, insonning shaxsiy gigienasi bilan bog‘liq bo‘lgan elektrbritvani o‘rniga boshqa bir elektrobritvani berib turilishi gigiena qoidalariga ham to‘g‘ri kelmasligi mumkin.

Shu bois, qonun bunday tovarlar bo‘yicha sotuvchining ortiqcha majburiyatga tushib qolishini oldini olish va amaliyotni yengillashtirish maqsadida istisnolar belgilagan. Lekin bu iste’molchi huquqlari cheklanadi degani emas: unda nuqson bartaraf etilishi, tovar almashtirilishi yoki pul qaytarilishi huquqi to‘liq saqlanib qoladi.

Sherzod Muxamov,
Bag‘dod tuman jamiyati raisi

Отправить комментарий