Ichki ta’mirlash ishlari to‘liq nihoyasiga yetkazilgan xonadon iste’molchiga topshirildi
Toshloq tumanilik Yu.F.ning quruvchiga 35 000 000 so‘m boshlang‘ich to‘lov, keyinchalik shartnoma bo‘yicha 372 515 000 so‘m to‘lovlarni to‘liq amalga oshirgan bo‘lsada, unga xonadonni topshirish ishlari cho‘zib yuborilayotganligi yuzasidan Toshloq tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga qilgan og‘zaki murojaati o‘rganildi.
O‘rganishda iste’molchi «Safohouse» MChJ tomonidan Marg‘ilon shahri hududiga qurilayotgan ko‘p qavatli uydan 3 xonali xonadon uchun haqiqatan ham boshlang‘ich to‘lov va keyinchalik shartnoma bo‘iycha qolgan to‘lovlarni ham to‘liq amalga oshirganligi va murojaatda keltirilgan boshqa vajlarga aniqlik kiritib olingach, quruvchi tashkilotga qonun talablarini o‘zida aks ettirgan so‘rov xati kiritildi va javob xati olindi.
Shu asoslarda, o‘rganish ishlari davomida umumiy foydalanish maydoni 67,73 kvadrat metrdan iborat bo‘lgan 3 xonali xonadonning ichki ta’miri quruvchi tomonidan to‘liq amalga oshirilib, iste’molchiga topshirildi.
Xusnidaxon Yakubova,
jamiyati mutaxassisi.



Отправить комментарий